Kelajak.net - Mobil portal - Главная страница
MENU

Lorem ipsum dolor sit amet

Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipisicing elit, sed do eiusmod tempor incididunt ut labore et dolore magna aliqua.

31 yoshli portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu Gucci do‘koni sotuvchisi Jorjina Rodriges blan ishqi munosabatlarini keng jamoatchilikdan sir tuta olmayapti. Juftlikning birga tushgan suratlari aksariyat OAVlarda chop etildi. Futbolchining onasi esa uni uylanishga majburlayapti, deb yozadi “Vesti”. Ronaldu Jorjina bilan to‘rt oydan beri uchrashib yuradi. Bundan jurnalistlar xabar topishi bilan Ronaldu sevgilisini onasi bilan tanishtirishga majbur bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Jorjina Ronalduning onasiga yoqqan. U o‘g‘lining tezroq oila qurishini istayapti. Mashhur futbolchining o‘zi ham yana bir bor ota bo‘lishni intiqlik bilan kutyapti. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Ronalduning to‘yi Po nekotorim dannim, svadba Ronaldu yilning yoz oylarida bo‘lib o‘tadi. Ronaldu hozirda surrogat ona dunyoga keltirgan 6 yoshli o‘g‘lini tarbiyalamoqda.
Категория: Shou-Biznes | Просмотров: 303 | Добавил: MASTERFOX | Дата: 28.01.2017 | Комментарии (0)

Yaqinda Italiyada qor ko‘chkisi yuz berib, oqibatda 29 kishi hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar bergan edik. Bir necha kun avval, Hindiston va Pokiston chegarasida ham qor ko‘chkisi yuz berdi. Tabiiy ofat oqibatida kamida 21 kishining qurbon bo‘lgani xabar qilindi. Tabiiy ofatlar, ya’ni kuchli qor bo‘roni, zilzila, to‘fon, tabiiy o‘rmon yong‘inlari yoki qor ko‘chkisi kabi falokatlar har yili yuzlab, minglab odamlarning halok bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bugun biz o‘tgan qariyb 10 yil davomida faqatgina ko‘chki oqibatida vafot etganlar soni borasidagi faktlarni e’tiboringizga havola etmoqchimiz. 2008 yil 29 dekabrda Afg‘onistonning Badaxshon provinsiyasida yuzaga kelgan qor ko‘chkisi sabab 13 kishi vafot etdi, 14 nafari jarohatlandi. Shu yili 24 avgustda Alp tog‘laridagi ko‘chki 16 nafar xorijiy sayyohlarning halok bo‘lishiga va 20 kishining jarohatlanishiga sabab bo‘ldi. 1-2 aprel kunlari Pokistondagi tabiiy ofat 40 kishining vafot etishiga olib keldi. 12 dekabr kuni Afg‘oniston va To ... Читать дальше »
Категория: Shou-Biznes | Просмотров: 130 | Добавил: MASTERFOX | Дата: 28.01.2017 | Комментарии (0)

Madaniyat va sport ishlari vazirligi taklifi bilan madaniyat, san’at, sport va ijodiyot sohasida "E’tirof” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi 2017 yil 14 fevral kuni o‘tkaziladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda. Tadbirni yuqori saviyada tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 yanvardagi "Madaniyat, san’at, sport va ijodiyot sohasidagi "E’tirof” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimini o‘tkazish to‘g‘risida”gi majlis bayoni qabul qilingan. Mazkur majlis bayoni bilan "E’tirof” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimini tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha respublika Tashkiliy-ijodiy guruhi hamda nomzodlarni saralovchi Badiiy kengash tashkil etilgan. "E’tirof” mukofoti "Teatr, kino va ommaviy tomoshalar”, "Estrada, an’anaviy, opera xonandaligi, musiqa ijrochiligi va raqs san’ati”, "Tasviriy va amaliy san’at”, "Badiiy ijod, jurnalistika va televidenie”, "Sport”, "E’tibor, ehtirom, e’zoz” ... Читать дальше »
Категория: Shou-Biznes | Просмотров: 151 | Добавил: MASTERFOX | Дата: 28.01.2017 | Комментарии (0)

Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova o‘ziga sarpo liboslarini tikishni boshlaganini ma’lum qildi. Shahzoda Instagram`dagi sahifasida to‘yi qachon bo‘lishi haqidagi savollarga javob berdi. “O‘zim uchun vanihoyat..."ShAXZODA" Boutique & Atelye zakazlaridan bo‘shab, endi sarpo liboslar va bosh kiyimlar tikyapman yarim tunda,—deb yozadi Shahzoda,—Ko‘plab savollarga javoban: Hamma ‘To‘yingiz qachon?’, deb so‘raydi. Alloh nasib etsa orzuimdagi vafodor, sadoqatli, ayolning qadriga yetadigan, madaniyatli, mehrli, haqiqiy lafzli, or-nomusli, qalbi va amali hamda vijdoni pok, haqiqiy mard erkak uchrasa, albatta turmush quraman”. “Hozir esa yangi film uchun o‘zimga eskizlarim asosida sarpo liboslar tikyapman”,—deydi aktrisa so‘zini davom ettirar ekan.
Категория: Shou-Biznes | Просмотров: 330 | Добавил: MASTERFOX | Дата: 28.01.2017 | Комментарии (0)

Avvalroq, “Million” jamoasi aprel oyida “Istiqlol” san’at saroyida navbatdagi konsert dasturini taqdim etishi haqida xabar bergan edik. Jamoaning yangi konsert dasturi haqida ma’lumot beruvchi afishalar ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqaldiyu ko‘plab savollar tug‘ila boshladi. Bunga sabab esa afishada jamoa a’zolaridan biri Davron Kabulovning yo‘qligi bo‘ldi. Ustiga-ustak Kabulov Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga konsert afishasini joylashtirib, “Nima bo‘lganda ham biz bir jamoamiz”, deya izoh qoldirdi. Bu orada esa “Million”ning galdagi konsert dasturi Davron Kabulovsiz bo‘ladi, qabilidagi gap-so‘zlar tarqaldi. Biz vaziyatga oydinlik kiritish uchun Davron Kabulov bilan bog‘landik. “To‘g‘risini aytsam, hozirgacha shaxsan o‘zim ham konsertda ishtirok eta olamanmi yoki yo‘qmi, aniq bilmayman. Buning o‘ziga yarasha sabablari bor. Ayni vaqtda konsertda ishtirok etishim masalasi ko‘rib chiqilyapti. Albatta, bu vaziyat ijobiy natija bilan hal bo‘lishini xohlar edim. Buni vaqt ko‘rsatadi” ... Читать дальше »
Категория: Shou-Biznes | Просмотров: 595 | Добавил: MASTERFOX | Дата: 28.01.2017 | Комментарии (0)

Xabaringiz bor, 22 yanvar kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Og‘abek Sobirov hamda xonanda Anvar Sobirovning onasi Bekposhsha aya 79 yoshida vafot etdi. Bugun, 26 yanvar kuni, Anvar Sobirov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali onasiga bo‘lgan sog‘inchi unga g‘oyibona murojaat qilgani haqida izoh qoldirdi. “Har safar Xorazmdan Toshkentga, uyga qaytayotganimda onamning xonalariga kirib, duolarini olib, bag‘rimga bosib, yuzlaridan o‘pib-o‘pib xayrlashib qaytardim. Onam esa duo so‘ngida menga “Eson-omon keldim, deb qo‘y bolam, xotirjam o‘tiray”, deb qolardi... Bugun ham kirdim. Ming afsuslar bo‘lsinki, endi bu nurli xona bo‘m-bo‘sh... Baribir onam bilan g‘oyibona gaplashdim, xayrlashdim, Yaratgandan yig‘lab duolar qildim, onamning ruhlari shod bo‘lsin deb... Eh, yuragim bir parcha buyumga aylanib qolgandek, nazarimda. Kimlardir, nimalardir ovutganday bo‘ladi, lekin tatimaydi, dardim, sog‘inchim ich-ichimda... Mana, Yaratganga shukur, eson-omon yetib keldim. A ... Читать дальше »
Категория: Shou-Biznes | Просмотров: 113 | Добавил: MASTERFOX | Дата: 28.01.2017 | Комментарии (0)

Shange.org saytida Rossiyaning Kamchatka o'lkasida jon berish arafasidagi bemorga yordamga shoshiltgan tez tibbiy yordam mashinasini o'tkazmagan haydovchini jinoiy javobgarlikka tortish talab qilingan ariza e`lon qilindi. Unga shu paytga qadar 16 mingdan ortiq foydalanuvchi imzo chekkan. «Ushbu holat bo'yicha jamoatchilikda juda katta norozilik kelib chiqqanini inobatga olib, yo'lni to'sib qo'yish uchun belgilangan 500 rubllik jarimadan tashqari ayol haydovchi, shuningdek, uning yo'lovchisi jinoyatga sherik bo'lgan shaxs sifatida haqiqiy jazoga tortilishini talab qilamiz», - deyilgan arizada. Murojaat muallifining ta`kidlashicha, kelajakda bunday huquqbuzarliklar uchun belgilangan jazoni kuchaytirish lozim. Avvalroq, Kamchatka gubernatori Vladimir Ilyuxin ham tezkor xizmat xodimlari ishiga xalaqit berganlik uchun jazoni kuchaytiris ... Читать дальше »

Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 172 | Добавил: MASTERFOX | Дата: 15.01.2017 | Комментарии (0)

Ayni damda butun respublikamiz bo‘ylab Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlari ketmoqda. Viloyat va shaharlardagi dehqon bozorlarida Yangi yil yarmarkalari tashkiletilgan. Avvalroq, Toshkentning 9 ta maydonida Yangi yil archasi tadbirlari o‘tkazilishi haqidaxabar bergan edik. Har yili 15 dekabr sanasida qurib bitkaziladigan archalardan hamon darak yo‘q. Nafaqat “Mustaqillik va egulik” maydoni, balki boshqa maydonlarda ham bayram archalari qurib bitkazilmagan. Bu yil archalarning o‘rnatilishi, shoxobchalarning ish boshlashi o‘tgan yilgiga qaraganda 13 kunga kechikyapti. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 12 dekabrdagi “Toshkent shahrining “Mustaqillik va ezgulik” maydoni hamda shaharning boshqa maydonlarida Yangi yil bayrami madaniy tadbirlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi majlis bayoniga ko‘ra, “Mustaqillik va ezgulik”maydoni, Shayxontohur tumani Xadra maydoni va “Lokomotiv-Anhor” bog‘i yonidagi maydonlari, ... Читать дальше »
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 757 | Добавил: admin | Дата: 24.12.2016 | Комментарии (0)

Joriy yilning 30 dekabr kuni “Miran International Hotel” mehmonxonasida estradamizning yorqin yulduzlari ishtirokida yangi yil kechasi o‘tkaziladi. Bu haqda xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev o‘zining Instagramdagi sahifasi orqali ma’lum qildi. Xabarlarga ko‘ra, konsert davomida turli o‘yinlar o‘tkazilib, unda iPhone7 mobil telefoni yutuqqa qo‘yilgan.
Категория: Shou-Biznes | Просмотров: 607 | Добавил: admin | Дата: 24.12.2016 | Комментарии (0)

2016 yil 9 oyi davomida konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya bo‘yicha 14ta ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi “O‘zbeknavo” matbuot-xizmati. Hisobotda qayd etilishicha, ushbu vaqt davomida 2074 nafar san’atkorga litsenziya berilgan. Konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olmoqchi bo‘lgan 50 nafar san’atkorga rad javobi berilgan. Konsert va tomosha tadbirlarini tashkil etish uchun bir martalik ruxsatnoma berish bo‘yicha esa 29 ekspert komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan, 554 kishiga bir martalik ruxsatnoma berilgan, 11 arizachining arizasi rad etilgan
Категория: Shou-Biznes | Просмотров: 1054 | Добавил: admin | Дата: 24.12.2016 | Комментарии (0)

1 2 3 ... 37 38 »